Iqtisodiyot | 09:20 / 12.11.2017
23860
2 daqiqa o‘qiladi

Milliarder muvaffaqiyatli kareraning uch bosqichi haqida

Foto: Getty Images

Forbes jurnalining 100 yilligiga Foxconn kompaniyasi asoschisi, tayvanlik milliarder Terri Gou muvaffaqiyatli karera haqida qisqacha esse yozdi. U bu esseda muvaffaqiyatli professional bo‘lish yo‘lidagi uch bosqich haqida so‘zlab berdi.

Gou Forbes’ning 2016 yilgi reytingi bo‘yicha 6,7 mlrd dollarlik boylik bilan tayvanlik milliarderlar orasida 4-o‘rinni egallagan.

Foxconn Tayvanning Hon Hai Precision Industry Co., Ltd. kompaniyasining savdo nomi bo‘lib, bu kompaniya 2005 yildan beri Tayvanning eng yirik kompaniyasi maqomini saqlab kelmoqda. Bu kompaniyada milliondan ko‘proq odam ishlaydi, ulardan 700 mingi Tayvanning o‘zida faoliyat yuritadi.

“Kareramning ilk 20 yili davomida barcha kuchimni pul topishga sarflaganman. Ular zarur edi, chunki ularsiz o‘z ideallarim, maqsadlarimga erisha olmasdim. 

Keyin esa yana 20 yil davomida o‘z ideallarimga intildim. Vaqti kelib mening hayotim yangi ma'no kasb etdi va men qanday ishlash hamda qo‘yilgan maqsadlarga qanday erishish kerakligini angladim.

Keyingi 20 yil esa menga zavq keltiruvchi narsa ustida ishlamoqchiman. Mening qiziqishlarim va ustuvor maqsadlarim, hayotiy tajribam va avvalgi yutuqlarim yosh avlodni tayyorlash uchun har qachongidan kerak bo‘lmoqda. Juda tez orada ular dunyoga yangi va foydali narsa berishi mumkin. 

O‘z professional faoliyatida bu uch bosqichni o‘tishga ulguradiganlar haqiqatan baxtiyor insonlardir”, deb o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi milliarder.

 

Mavzuga oid