Jahon | 16:20 / 12.11.2017
6206
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Gulen bo‘yicha Trampning sobiq maslahatchisi bilan kelishuv bo‘lganini inkor etdi

© AP Photo / Selahattin Sevi, File

Turkiyaning AQShdagi elchixonasi Anqara AQShdan Fathulloh Gulen ekstraditsiya qilinishiga erishish uchun amerikalik amaldorlar bilan maxfiy muzokaralar olib borgani haqida OAVda tarqalgan xabarlarni rad etdi.

Bundan avvalroq Wall Street Journal nashri Turkiya AQSh prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Maykl Flinn va uning o‘g‘li Kichik Maykl Flinnga turk muxolifatchisi Fathulla Gulenning ekstraditsiya qilinishidagi yordam uchun 15 mln dollar taklif qilgani haqida xabar tarqatgandi.

«Avval ham aytganimizdek, Turkiya uni ekstraditsiya qilish uchun qonundan tashqari yo‘llar bilan harakat qilgani haqidagi xabarlar asossiz va mutlaqo bema'nidir», deyilgan diplomatik missiya xabarida.

Elchixona shuningdek, mamlakat hukumati 2016 yil yozidagi davlat to‘ntarishiga urinish tashkilotchisi sifatida ko‘riluvchi Gulenning ekstraditsiyasi tezlashishiga umid qilayotganini qo‘shimcha qilib o‘tgan.

Trampning sobiq maslahatchisiga Gulenning ekstraditsiyasi uchun 15 mln dollar taklif qilingan

Flinnga qarshi AQShDa uning Turkiya hukumatiga lobbistlik qilish aybi bo‘yicha ish ochilgan. Avvalroq Flinn AQSh Adliya vazirligida Fathulloh Gulenning Turkiya va AQSh munosabatlarini yomonlashtirish bo‘yicha harakatlarini tekshirish uchun yollangani ma'lum bo‘lgandi. U shundan keyin AQSh prezidentligiga nomzod Donald Trampning saylovoldi kampaniyasida ishlagan.

Mavzuga oid