Sport | 10:40 / 13.11.2017
14651
2 daqiqa o‘qiladi

Qo‘rqinchli Boxing Day! Jamoalarning dahshatli tig‘iz taqvimi

Foto: Skysports

Angliya Premer-ligasida Yangi yil kirib kelishi va uning dastlabki kunlarida an'anaviy ravishda Boxing Day kunlari o‘tkaziladi va unda qisqa kunlarda bir yo‘la uchta tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

VVS nashri zich grafik vaqtlarini hisoblab chiqdi va o‘sha muddatda eng tig‘iz taqvimda o‘ynaydigan jamoalarni aniqladi.

Unga ko‘ra, Boxing Day va undan oldingi tur — 23 dekabrdan 1 yanvarga qadar jamoalar to‘rttadan uchrashuv o‘tkazishga ulguradi. Eng tig‘iz taqvim «Lester»da kuzatiladi. Jamoa «Manchester Yunayted», «Uotford», «Liverpul» va «Haddersfild»ga qarshi o‘yinlarni 213 soat ichida o‘tkazadi.

Bu borada biroz omadi kulgan jamoa «Arsenal» bo‘lib turibdi — jamoa to‘rt uchrashuvni 290 soat ichida o‘tkazadi «Chelsi» esa 263 soat ichida bu vazifani bajaradi. Shuningdek «Brayton», «Byornli» va «Bornmut»da ham vaziyat jiddiyroq. Ular to‘rt o‘yinni 215 soat ichida o‘tkazishlari kerak bo‘ladi.

Mavzuga oid