Fan-texnika | 00:02 / 14.11.2017
13808
3 daqiqa o‘qiladi

2000 yildan buyon telefonlar batareyalarida qanday o‘zgarishlar yuz berdi?

Foto:hi-news.ru

Qudratli devayslarni tez-tez quvvatlash zarurati zamonaviy smartfonlar foydalanuvchilariga biroz tashvish tug‘diradi. Ba'zan bu ishni kuniga bir necha marta qilishga to‘g‘ri keladi. Ko‘pchilik telefonlar yaqin-yaqingacha bir necha kunda bir marta zaryadga qo‘yilganini yodga oladi. 2000 yildan buyon telefon akkumulyatorlarida nimalar va qanchalik o‘zgardi?

Foto:hi-news.ru

Oddiy tugmali telefonlar smartfonlarga o‘zgarib borgani sari, foydalanuvchilarga ularning batareyalari kichraygandek tuyula boshlagan. Bugungi kunda smartfon zaryadi bir kun foydalanishga yetadi. Foydalanuvchilar esa, telefonni kamroq quvvatlantirish istagida, albatta -  xuddi avval tugmali telefonlardagidek bir necha kunda bir marta zaryadga qo‘yilsa, maqsadga muvofiq bo‘lishini ta'kidlashadi.

Hatto telefon akkumulyatoriga bog‘liq taraqqiyot yo‘qdek taassurot uyg‘onadi. Shunga qaramay, mavjud ma'lumotlarning ko‘rsatishicha, taraqqiyot bo‘lgan va u ancha yirik ko‘lamda. Bundan tashqari, zamonaviy smartfon texnik jihatdan soddalashtirilgan tasavvurda - bu ekran va batareya bo‘lib, ularning o‘rtasida mitti mexanizm mavjud. 

2000 yildan beri nisbatan eng mashhur 50 telefon gsmarena.com resursi sahifalarida taqqoslandi. Unda batareya sig‘imining telefonlar hajmiga nisbatan ko‘rsatkichi namoyish qilingan. Diagrammada ko‘rsatilgan ma'lumotlar mazmunini qisqa qilib bayon etadigan bo‘lsak, u raqamli devays hajmining bir kub santimetriga necha mAs to‘g‘ri kelishini aks ettiradi. 

Shuni ta'kidlash joizki, 2017 yilda bu ko‘rsatkich 2000 yildagiga nisbatan yetti karra yuqori bo‘ldi. Diagrammadagi yashil chiziq - trend liniyasi va u bu nisbat eksponentsial ravishda o‘sayotganini ko‘rsatmoqda. Agar avval telefon kichik batareyaga ega bo‘lgan bo‘lsa, bugun u devays o‘lachamlariga nisbatan juda katta. 

Bundan tashqari, telefonlar hajmi yillar o‘tgan sayin oshib borgan va akkumulyator telefonda ko‘proq joy ola boshlagan. Apple kompaniyasi o‘zining yangi iPhone X telefonida biryo‘la ikki akkumulyatorni qo‘lladi, LG esa yillab bir-biriga biriktirilgan lotincha «L» harfi shaklidagi batareyalarni qo‘llab keladi. Kompaniyalar batareya sig‘imini maksimal darajada oshirishga harakat qilishadi, bunda devaysning haddan ziyod qalin bo‘lishini istamayotgan foydalanuvchilarning boshqa muhim afzalligi haqida unutmaslik kerak, albatta. 

Umuman olganda, zamonaviy telefonlarning yorqin ekranlari va samarali apparat ta'minoti ko‘p energiya iste'mol qiladi. 

Mavzuga oid