Fan-texnika | 17:55 / 14.11.2017
12534
1 daqiqa o‘qiladi

BMW tomsiz i8 yig‘ilishini namoyish qildi

Foto: motor

Germaniyaning BMW kompaniyasi i8 gibrid sportkarining yig‘ilishi aks etgan videolavhani namoyish qildi. U Los-Anjyelesdagi avtoko‘rgazmada rasman taqdim etiladi. Avtoshou 1 dekabrda o‘z ishini boshlaydi.

Videoda modelni yumshoq tom bilan jihozlanayotgani aks etgan. Bunda uni yig‘ish mexanizmi xususida hech qanday ma'lumot keltirilmagan. 

Qayd etish joizki, bu BMW i8 ochiq modelining birinchi tizeri emas. Avvalroq kompaniya niqoblangan prototiplar suratlari bilan bir necha surat ham videolarni namoyish qilgandi. Tizerlardan biriga berilgan izohda rodsterning yonilg‘i sarfi aralash siklda 100 kmga 2 litrni tashkil etishi aytilgandi.

Mavzuga oid