Jahon | 18:00 / 14.11.2017
57094
1 daqiqa o‘qiladi

Yolg‘on fosh bo‘ldi: Rossiya Mudofaa vazirligi AQShni ayblashda kompyuter o‘yinidagi skrinshotlardan foydalangan

Bugun Rossiya Mudofaa vazirligi Amerika Qo‘shma Shtatlari Suriyaning Al-Bukamol shahridan chekinayotgan IShID terrorchilariga zarba bermadi, deya xabar qildi. 

Ushbu bayonotning isboti o‘laroq taqdim etilgan kosmografik  ​​suratlarda harbiy mashinalarning harakatlanib ketayotgani tasvirlangandi.

"Bundan tashqari, koalitsiya samolyotlari Rossiya harbiy-kosmik kuchlari samolyotlariga "xalal bera boshlagan". Ular shahar osmonida 15 kilometrlik hududga kirgan. Qo‘shma Shtatlar chekinayotgan terrorchilarni hukumat qo‘shinlari zarbalaridan xavfsiz holatda olib chiqilishini ta'minlashni istagan​", deyilgandi xabarda

Ammo bu suratlardan biri kompyuter o‘yinlaridan biri - AC-130 Gunship Simulator dasturidagi lavhaning skrinshoti ekani ma'lum bo‘ldi.

Shuningdek, Rossiya Mudofaa vazirligi 2016 yil Falluja shahri yaqinidagi IShID jangarilariga havodan zarba berishi aks etgan lavha ham ushbu o‘yinda "taqdim etilgan".

Mavzuga oid