Oliy Majlis deputati lotin grafikasida «Eng chiroyli yozuv» tanlovini e'lon qildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rashid Qodirov Facebook ijtimoiy tarmog‘ida «Eng chiroyli yozuv» yoki husnixat tanlovini e'lon qildi. U bu haqda Facebook'dagi shaxsiy profilida xabar qoldirgan.
«Yaqinda Nepaldagi 8 sinf o‘quvchisining yozuvi dunyodagi eng chiroyli yozuv, deb topilganligi haqidagi maqolani o‘qigandim. Biroq, men ikki dunyoda ham ushbu natija bilan kelisha olmayman. Chunki, O‘zbekistonimizda ham bundan-da chiroyli yozadigan o‘g‘il-qizlarimiz ko‘plab topilishiga imonim komil. Shuning uchun yuqorida qilingan xatoni to‘g‘rilash uchun faqat maktab o‘quvchilari o‘rtasida «Eng chiroyli yozuv» tanlovini e'lon qilamiz», deb yozadi farg‘onalik deputat.
Qodirovning xabariga ko‘ra, tanlovda ishtirok etish uchun yozuv daftarining bir beti hajmidagi O‘zbekiston haqidagi istalgan matnni lotin yozuvida bitib, qo‘lyozmaning foto suratini Facebook'da 2017 yilning 8 dekabrigacha joylashtirish kifoya. Foydalanuvchilar tomonidan eng ko‘p «layk» e'tirofini olgan tanlov ishtirokchisi g‘olib hisoblanadi. Ovoz berish 2018 yilning 19 yanvariga qadar davom etadi. G‘olib esa 2018 yil 30 yanvarda mukofotlanadi.
Ma'lumot uchun, boshlang‘ich ta'lim qamrovi bo‘yicha O‘zbekistan yuqori ko‘rsatkichlarga ega. O‘zbekistondagi YuNICeF vakolatxonasi ma'lumotiga ko‘ra, umumiy qamrov ko‘rsatkichi 95% dan past emas. 2012 bo‘yicha keltirilgan rasmiy statistik ma'lumotlarga asosan aholining tegishli qismini maktabgacha ta'lim bilan qoplab olish ko‘rsatkichi 22,7% tashkil qilgan. Maktabgacha ta'lim bilan qoplab olish ko‘rsatkichi Toshkent shahri (53,9%) va boshqa shaharlarda qishloq hududlariga qaraganda yuqoriroq.
Mavzuga oid
17:50 / 19.12.2024
Abxaziya parlamenti oldida otishma yuz berdi. Bir deputat halok bo‘ldi
11:20 / 22.11.2024
“Qani deputatlar, nega qaramayapti?” - propan narxidan haydovchilar xavotirda
12:00 / 25.10.2024
Saylov yaqin, partiyalar nimalarni va’da qiladi? – Kun debati
12:34 / 26.07.2024