Jahon | 08:07 / 16.11.2017
7705
1 daqiqa o‘qiladi
Ozarbayjonda 5,7 magnitudali zilzila yuz berdi
Ozarbayjonning Barda va Tartar tumanlarida 5,7 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda APA axborot agentligi xabar bermoqda.
Zilzila markazi mamlakat g‘arbidagi Barda shahridan 10 km janubda, o‘chog‘i esa 25 km chuqurlikda bo‘lgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, qurbonlar bo‘lgani ma'lum qilinmagan. Tartar tumanida ikkita xususiy uy qulagan, bir kishi jabrlangan. Tartar shahrining o‘zida 8 ta uyga shikast yetgan.
Armanistonning News.Am portali ma'lum qilishicha, zilzila kuchi Armanistonda tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasida ham sezilgan. U yerda zilzila kuchi mos ravishda 2-3 va 3-4 magnitudani tashkil qilgan.
Mavzuga oid
00:41 / 06.12.2024
AQShda 7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
13:51 / 23.11.2024
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
21:47 / 17.11.2024
Yaponiya qirg‘oqlarida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
11:53 / 13.11.2024