Sport | 09:08 / 16.11.2017
33563
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Kung-fu ustasi muay-taychiga mag‘lub bo‘ldi

Xitoylik taniqli kung-fu ustasi I Lun hamda muay-tay bo‘yicha tailandlik chempion Sittichay Sitsongpinongning jangi YouTube’da katta qiziqishga sabab bo‘ldi. Bellashuv o‘tgan hafta o‘tkazilgan bo‘lib, jang videosi 800 ming marotaba tomosha qilindi.

Jang Kunmin shahrida bo‘lib o‘tdi. «Shaolin usuli»ni targ‘ib qiluvchi hamda o‘zini «Shaolin rohibi» deb ataydigan 30 yoshli kung-fu ustasi jangga qariyb bir yil tayyorgarlik ko‘rgan. Biroq u 26 yoshli tailandlik bokschiga yutqazib qo‘yib, ishqibozlar hafsalasini pir qildi.

Mavzuga oid