Jamiyat | 10:46 / 17.11.2017
9200
2 daqiqa o‘qiladi

Sharjaga odam sotganlikda gumon qilinayotganlar ushlandi

2017 yilning 25 oktabr kuni Uchtepa tumani IIBga fuqaro A. ariza bilan murojaat etib, uni “Muhayyo” ismli ayol BAAning Sharja shahriga fohishalik bilan shug‘ullanishi uchun sotib yuborganligini ma'lum qilgan. Ushbu murojaatga asosan tergov-tezkor guruhi tomonidan jinoyatni fosh qilishga qaratilgan barcha chora-tadbirlar amalga oshirilgan.

Tergov-tezkor harakatlari davomida, fuqaro Alimuhamedova Muhayyo Abdug‘ofurovna jinoiy sheriklari Usmonova Zuhra Mahmudovna hamda Muhammadiyeva Malohat Mullayevnalar bilan bilan o‘zaro jinoiy til biriktirishgan. Ular 2016 yilning oktabr oyida Uchtepa tumani 14 mavzeda joylashgan «FASHION» nomli go‘zallik salonida Abdiyevani aldab, BAAning Dubay shahrida yuqori daromadli sartaroshlik ishiga yuborishini aytishgan. Ammo aslida uni Sharja shahriga fohishalik bilan shug‘ullanishi uchun 1000 AQSh dollariga sotib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zR JKning 135-moddasi 2-qismi “ye” bandi (odam savdosi, ya'ni odamni olish-sotish, tashish, topshirish, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilishi) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Alimuhamedovaga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilib, ushbu shaxslarning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.

Shu munosabat bilan Toshkent shahri IIBB suratlarda aks etgan fuqarolardan jabrlanganlar bo‘lsa, “102” qisqa raqami orqali yoki yaqin oradagi ichkiishlar idoralariga murojaat qilishlarini so‘raydi.

Mavzuga oid