Jahon | 06:59 / 20.11.2017
13030
1 daqiqa o‘qiladi

Tinch okeanida kuchli zilzila yuz berdi

Foto: en.wikipedia.org

Tinch okeanida, Yangi Kaledoniya sohillari yaqinida 7,3 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda AQSh milliy geologik xizmati ma'lum qildi.

Zilzila 20 noyabrda Toshkent vaqti bilan soat 3:43da qayd qilingan.

ABC News telekanalining xabar qilishicha, sunami xavfi tufayli Yangi Kaledoniya oroli va u bilan qo‘shni Vanuatu davlati aholisi evakuatsiya qilina boshlagan. Ta'kidlanishicha, to‘lqin balandligi bir metrgachani tashkil qilgan.

Qurbonlar va talofatlar haqida hech narsa ma'lum qilinmagan. Zilzila markazi Yangi Kaledoniyadan 86 km uzoqlikda va o‘chog‘i taxminan 10 km chuqurlikda bo‘lgan.  

Avstraliya va Yangi Zelandiya hukumati o‘z aholilariga xavf yo‘qligini ma'lum qilishgan.

Yangi Kaledoniya Fransiyaga qarashli orol va Tinch okeanidagi mayda orollar guruhidir. Poytaxti Numea shahri bo‘lib, aholisi 250 mingga yaqinni tashkil qiladi.

Mavzuga oid