Fan-texnika | 10:40 / 21.11.2017
15007
2 daqiqa o‘qiladi

Ayollar uchun yilning eng yaxshi avtomobillari e'lon qilindi

“Ayollar  uchun yilning eng yaxshi avtomobili” (Women's World Car of the Year 2017) tanlovi 2017 yilning g‘oliblarini e'lon qildi.  

Ushbu tanlovda an'anaviy ravishda 6 ta: yo‘ltanlamas, oilaviy mashina, hamyonbop mashina, ekologik toza mashina, sport va qimmatbaho mashinalar yo‘nalishlari bo‘yicha 420 ta model ishtirok etdi. Ovoz berishda 25 ta davlatdan avtomobillar sohasini yorituvchi OAVda ishlaydigan ayollar ishtirok etdilar. 

Joriy yilda Hyundai Ioniq gibrid mashinasi ayollar uchun yilning eng yaxshi avtomobili deb topildi. Ushbu avtomobil o‘tgan yil Jyeneva avtosalonida ommaga taqdim qilingandi. Model uch variantda taklif etiladi: klassik gibrid, maishiy elektr tarmog‘idan quvvatlanish imkoniyatiga ega bo‘lgan gibrid va to‘liq elektrik ko‘rinishda. Qulaylik uchun mashinaning barcha uch modifikatsiyasi bir modifikatsiya sifatida qaralgan. 

Foto: Hyundai Ioniq

Qolgan yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblar quyidagicha ko‘rinish oldi: 

“Eng hamyonbop avtomobil” –  Ford Fiesta
“Oilaviy avtomobil” –  Mazda CX5
“Eng hashamatli avtomobil” – BMW 5-seriyasi
“Eng yaxshi krossover” – Peugeot 3008
“Ekologik toza avtomobil” – Hyundai Ioniq

McLaren 720S ayollar orzusidagi avtomobil deb topildi.

2016 yilda ayollar uchun yilning eng yaxshi avtomobili sifatida Jaguar F-Pace krossoveri e'tirof etilgandi.

Mavzuga oid