Fan-texnika | 14:10 / 22.11.2017
12505
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

ZTE'da qanday qilib amaliyot o‘tkazsa bo‘ladi: bu borada o‘zbekistonlik talabalar uchun taqdimot bo‘lib o‘tdi

Foto: ZTE

Yirik xalqaro telekommunikatsion yechimlar, mobil Internet uchun korporativ va iste'molchi texnologik yechimlar ta'minotchisi bo‘lgan ZTE Corporation Kompaniyasi (0763.HK / 000063.SZ) Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti (TATU) talabalari uchun ZTE Uzbekistan vakolatxonasida amaliyot o‘tash xaqida taqdimot o‘tkazdi.

ZTE O‘zbekiston bozorida 12 yildan ortiq vaqt mobaynida faoliyat yuritib kelmoqda va O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal rivojlantirishga ko‘maklashmoqda. Jihozlarni yetkazib berishdan tashqari, ZTE ta'lim sohasiga ham e'tibor qaratmoqda. ZTE kompaniyasi O‘zbekistondagi uchta davlat OO‘Yulariga: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Samarqand davlat chet tillar institutiga Smart Classroom tizimini bepul taqdim etdi.

Foto: ZTE 

Bugungi kunda ZTE dunyoga taniqli kompaniyada amaliyot o‘tash uchun yosh iste'dodlarni jalb qilayapdi. Ushbu amaliyotni amalga oshirishdan maqsad:

1 - Iqtidorli talabalarga ta'lim berayotganligi uchun universitetga hurmat, minnatdorchilik bildirish, professional amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish.

2 – Kadrlar to‘plash. Amaliyot yakunlanganidan so‘ng, professional ishlash va kompaniya talablariga muvofiq, ZTE vakolatxonasida ishlash uchun eng yaxshi stajyorlarni tanlab oladi, ushbu talabalarning nomlari to‘liq tanlovdan so‘ng e'lon qilinadi.

Foto: ZTE 

Taqdimot TATUning majlislar zalida bo‘lib o‘tdi, 3 va 4-kurslarda o‘qiydigan 200 ga yaqin talaba ishtirok etdi. Kompaniya haqida kompaniyaning texnik menejyeri Timur Mamedov so‘zlab berdi. Shundan so‘ng lotereya o‘yini o‘tkazildi, lotereya o‘yinida 5 nafar omadli talaba USB-flash drives yutib olishdi, 2 talaba ZTE WIFI modems qo‘lga kiritdi va 1 talabaga ZTE Smartphone Nubia ko‘rinishida omad kulib boqdi. Keyingi qismda sotishdan oldingi bo‘lim menejyeri Li Nataliya TATU bitiruvchisi sifatida ZTE dagi o‘z ish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Yakuniy qismda ZTEda ishlash va amaliyot o‘tash uchun tanlab olishga oid to‘g‘ridan-to‘g‘ri savollar va javoblar bo‘lib o‘tdi, unda xodimlar bo‘limi mutaxassislari talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga shaxsan javob berdilar.

ZTE axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida dunyoda yetakchi hisoblanadi va keng qamrovli rivojlanish maydonchasiga ega bo‘lib, ZTE ushbu amaliyot talabalarning dunyoni his etishini kengaytirishi, bilimlarini oshirishi, ruhini chiniqtirishi, shuningdek, shaxsiy tajribaga ega bo‘lishi va universitetdan ishlashgacha bo‘lgan jarayonlardagi o‘zgarishlariga hissa qo‘shishiga umid qiladi. O‘zbekistondagi har bir talaba telekommunikatsiya sohasida kelajakdagi ishonch bo‘lib, ZTE yana bir bor kelgusidagi loyihalarni amalga oshirishda yordam berishga tayyor.

Foto: ZTE 

Amaliyot davomida stajyorlar - mutaxassislar bilan muloqot qilish, xaqiqiy ish muhitida ishlash va mijozlar, hatto xorijiy mutaxassislar bilan aloqa qilish imkoniga ega bo‘ladilar.

ZTE kompaniyasi haqida

ZTE - iste'molchilar, operatorlar, xususiy kompaniyalar va davlat sektori mijozlari uchun zamonaviy telekommunikatsiya tizimlari, mobil qurilmalar va korporativ texnologik yechimlar ta'minotchisidir.  M-ICT strategiyasi doirasida kompaniya telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohalarining konvergentsiyasiga muvofiq unumdorlikni oshirish va qo‘shimcha qiymat berish uchun mijozlarga integrallashgan kompleks innovatsiyalar taqdim etishga intiladi. Korxona Hongkong va Shenchjen fond birjalarida ro‘yxatga olingan (N aksiyalari kodi:  0763.HK / A aksiyalari kodi: 000063.SZ). ZTE mahsulotlari va xizmatlaridan dunyoning 160 dan ortiq mamlakatida 500dan ortiq operator foydalanadi. ZTE o‘z yillik daromadining o‘n foizini ilmiy-tadqiqot faoliyatiga yo‘naltiradi va tarmoqqa oid standartlarni belgilashga mas'ul bo‘lgan xalqaro tashkilotlar orasida yetakchi rol o‘ynaydi. Kompaniya korporativ ijtimoiy mas'uliyat tamoyillariga amal qiladi va BMTning Global bitimi azosi hisoblanadi. Qo‘shimcha ma'lumot uchun www.zte.ru, www.zte.com.cn. saytlariga tashrif buyuring.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid