Jahon | 23:42 / 23.11.2017
16172
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistonida qish noodatiy sovuq kelishi kutilmoqda

Foto: AFP 2017 / Saul Loeb

Issiq va qurg‘oqchil iqlimga ega bo‘lgan Saudiya Arabistonida joriy qish noodatiy sovuq kelishi kutilmoqda. Mahalliy ob-havo mutaxassislarining ta'kidlashlaricha, havo harorati -5 gradus sovuqqacha tushib ketishi mumkin. 

“Qirollik hududida qishda havo harorati -5 gradus sovuqqacha tushib ketishi mumkin. Eng sovuq havo Saudiya Arabistoni shimolida bo‘ladi”, deb ma'lum qildi Saudiya Arabistoni meteorologik xizmati ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Joriy haftada qirollikda kuchli yomg‘irlar yog‘ishni boshladi: dastlab yomg‘ir mamlakatning g‘arbida, 23 noyabrdan esa markaziy qismidagi Ar-Riyodda yog‘ishni boshlagan. Hafta boshidan shunchalik ko‘p miqdorda yomg‘ir yog‘ganki, qirollikning yirikligi bo‘yicha ikkinchi shahri – Jiddada barcha asosiy trassalar va tunnellar suv ostida qolgan. 

O‘tgan yil qishida Arabiston yarimoroli davlatlari bu joylar uchun noodatiy tabiiy hodisa – qorning yog‘ishi guvohi bo‘lgandilar. O‘tgan qishda qor Saudiya Arabistonining shimolidagi ba'zi hududlar, Ummon sultonligi va BAAda kuzatilgan.

Mavzuga oid