Sport | 23:38 / 26.11.2017
5408
1 daqiqa o‘qiladi

“Formula-1”ning yakuniy bosqichi g‘olibi aniqlandi

Foto: REUTERS/Ahmed Jadallah

“Mersedes” jamoasining finlyandiyalik poygachisi Valtteri Bottas “Formula-1”ning yakuniy bosqichi – Abu-Dabi Gran-Prisida g‘olib bo‘ldi.

2-o‘rinni uning jamoadoshi, mavsum chempioni Lyuis Xemilton egalladi. Marraga uchinchi bo‘lib “Ferrari” a'zosi Sebastyan Fettel yetib keldi.

Yakuniy bosqich yetakchi uchlikka ta'sir ko‘rsatmadi: 1-o‘rinni Xemilton (363 ochko), 2-o‘rinni Fettel (317) va 3-o‘rinni Bottas (305) egalladi.

Lyuis Xemilton endilikda 4 karra chempion (2008, 2014, 2015 va 2017 yillar) hisoblanadi.

Konstruktorlar kubogida 668 ochko bilan “Mersedes” jamoasi g‘olib bo‘ldi. 2-o‘rinni “Ferrari” (522 ochko), 3-o‘rinni esa “Red Bull” (368) egalladi.

Mavzuga oid