2002 yil. Saparmurod Niyozovga suiqasd qilishda ayblanganlar taqdiri nima bo‘ldi?
Turkmaniston rasmiylari 15 yil muqaddam, 2002 yilning 25 noyabr kuni mamlakat birinchi prezidenti Saparmurod Niyozovga suiqasd amalga oshirilgani haqida ma'lum qilgandi.
Hukumatning rasmiy talqiniga ko‘ra, Ashxobodda Niyozovga suiqasd uyushtirilgan: prezident kortejining yo‘lini KAMAZ yuk mashinasi to‘sib qo‘ygan, kortej esa o‘qqa tutilgan. Niyozov jarohat olmagan. Shundan so‘ng Niyozov davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rilgani haqida ma'lum qildi va suiqasdda Boris Shixmurodov hamda boshqa muxolifatchilarni aybladi.
Shixmuradov «suiqasdga» aloqador ekanini rad etdi. Keyinchalik u Turkmaniston Xalq demokratik harakati Ashxobod, Chorjou, Toshhovuz va mamlakatning boshqa shaharlarida Niyozovning iste'fosini talab qilib ommaviy tinch namoyishlar o‘tkazishni rejalashtirgani haqida ma'lum qildi. Uning o‘zi bu vaqtda davlatdan tashqarida bo‘lgan.
2002 yilning 25 dekabr kuni Boris Shixmuradov Turkmaniston rasmiylariga ixtiyoriy ravishda o‘zini topshirdi va aybsiz ekanini ma'lum qildi. 2002 yilning 30 dekabr kuni esa Turkmaniston Oliy sudi Boris Shixmuradovni 25 yilga ozodlikdan mahrum qildi, biroq o‘sha kuniyoq bu jazo umrbod qamoqqa almashtirildi. Shundan so‘ng uning taqdiri bilan nima yuz bergani sirligicha qolmoqda.
«Ularni tirik ko‘rsating!» xalqaro kampaniyasi ma'lumotiga ko‘ra, Turkmanistonda bugungi kunda 80 dan ortiq insonning taqdiri noma'lumligicha qolmoqda.
Mavzuga oid
16:26 / 12.12.2024
Abdulaziz Komilov Turkmanistonning «Hurmatli el yoshullisi» unvoni bilan taqdirlandi
15:25 / 06.12.2024
Turkmaniston O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni ko‘paytiradi
19:33 / 05.12.2024
Turkmaniston O‘zbekiston bilan chegarada joylashgan bojxona postini foydalanishga topshirdi
18:02 / 05.12.2024