O‘zbekiston | 17:50 / 30.11.2017
24037
2 daqiqa o‘qiladi

Musulmonlar idorasi diniy ta'lim maskanlarida pullik o‘quv kurslariga doir e'lon berdi

Foto: O‘zbekiston Musulmonlari idorasi

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi ta'lim bo‘limi idora saytida “Qur'oni karim va tajvid” hamda “Arab tili” fanlari bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etilishiga doir yangi e'lonini joylashtirdi

O‘zbekiston Musulmonlari idorasining 2017 yil 13 noyabrdagi 01A/113-sonli buyrug‘iga asosan idora tasarrufidagi diniy ta'lim muassasalarida 2017-2018 o‘quv yilining 1 dekabridan boshlab “Qur'oni karim va tajvid” hamda “Arab tili” fanlari bo‘yicha o‘quv kurslari faoliyat boshlashi haqida ma'lum qilingan edi.

Mazkur xabar e'lon qilinganidan so‘ng, O‘zbekiston Musulmonlari idorasiga ko‘plab fuqarolarimiz tomonidan yozma va og‘zaki murojaatlar bo‘ldi. Mutaxassislar tomonidan murojaatlar o‘rganib chiqilib, tashkil etilishi rejalashtirilgan kurslardagi o‘qish muddati, o‘quv rejalari va boshqa me'yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish, ular tasdiqlangach, bu haqda qo‘shimcha e'lon qilish maqsadga muvofiq ekaniga xulosa qilindi. 

Shu munosabat bilan o‘qish istagida bo‘lgan fuqarolar tashkil etiladigan kurslar haqidagi yangiliklarni bilish uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasining www.muslim.uz saytini kuzatib borishlari tavsiya etiladi.

Mavzuga oid