Jahon | 18:10 / 02.12.2017
6417
1 daqiqa o‘qiladi
Shveytsariya Alplarida 9 oy ichida 90 dan ko‘proq alpinist halok bo‘ldi
2017 yilning yanvaridan sentabrigacha davr ichida Shveytsariya Alplarida 91 alpinist halok bo‘ldi. O‘tgan yilning shu davrida halok bo‘lgan alpinistlar 115 nafar bo‘lgan.
Shveytsariyaning Swissinfo axborot portali ma'lumotlariga ko‘ra, qidiruv-qutqaruv jamoalari 2 244 kishini qidirish bo‘yicha ishlar olib borishgan.
Misol uchun, Shveytsariyaning janubidagi Graubyunden kantonida joylashgan Bondo qishlog‘ida avgustda yuz bergan ko‘chki oqibatida 8 kishi bedarak yo‘qolgandi. Germaniya, Shveytsariya va Avstriya fuqarolari ekanligi taxmin qilingan ushbu alpinistlarning tanalari topilmagan.