Vaziyat o‘ta keskin tus oldi. Yamanda isyonchilar 41 jurnalistni garovda ushlab turibdi
Isyonchi husiylar Sanadagi Yemen Today telekanali binosida 41 nafar jurnalistni garovda ushlab turibdi. Bu haqda RIA «Novosti» ikki manbaga tayangan holda xabar bermoqda, ular ushbu mamlakatdagi isyonchilar bilan aloqalarga ega.
Ta'kidlanishicha, qo‘lga olinganlar orasida Rossiyaning Sputnik agentligining Yamandagi shtatdan tashqari muxbiri ham bor.
Isyonchilar o‘tgan shanba kuni telemarkaz binosini egallab olishdi, u yerda esa Yemen Today telekanali ofisi joylashgan. Telekanal jurnalistlari yakshanba kuni bundan norozi bo‘lib ochlik e'lon qilishdi.
Yemen Today Yamanning o‘ldirilgan sobiq prezidenti Ali Abdulla Solihning partiyasi bilan aloqador kanal sifatida tanilgan. Ushbu partiya - «Umumiy xalq kongressi» (UXK) shanba kuni yamanlik fuqarolarni mamlakatni yaqinda o‘z ittifoqdoshlari bo‘lgan «Ansor Alla» husiylar harakatidan himoya qilishga chaqirdi.
Avvalroq Yaman poytaxtidagi to‘qnashuvlar natijasida 245 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
15:56 / 22.12.2024
Amerikalik harbiylar Qizil dengiz ustida o‘z qiruvchisini urib tushirdi
18:08 / 19.12.2024
Isroil ilk bor Yaman poytaxtiga zarba berdi
10:10 / 26.11.2024
Rossiya Ukrainadagi urushga yamanliklarni yollamoqda - The Financial Times
19:21 / 24.11.2024