Jahon | 23:48 / 06.12.2017
37203
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan oldi

Foto: RIA Novosti / Mixail Klimentev

AQSh prezidenti Donald Tramp Al-Qudsning Isroil poytaxti deb tan olinishini e'lon qildi.   

“Men hozir Al-Qudsni Isroil poytaxti deb rasman tan olish vaqti keldi, degan qarorga keldim”, deb aytgan Tramp o‘z murojaatida.

Isroil Al-Qudsni, jumladan yarim asr avval Iordaniyadan tortib olingan sharqiy qismlari va tarixiy markazini o‘zining “yagona va ajralmas” poytaxti deb hisoblaydi.

Trampning bu tashabbusi Al-Qudsning maqomi bo‘yicha AQShning va umuman xalqaro hamjamiyatning yondashuvlariga zid keladi.

Butun dunyo Isroil Al-Qudsning qismlarini o‘ziga qo‘shib olishini tan olmay keladi va shaharning maqomini uning sharqiy qismiga da'vogarlik qiluvchi falastinliklar bilan kelishilgan holda hal qilinishi kerak bo‘lgan, Yaqin Sharq ixtilofidagi dolzarb muammolardan biri deb hisoblaydi. Oxirgi vaqtgacha AQSh ham shu tamoyilga asoslanib kelayotgandi. Shu sababli Isroildagi barcha xorijiy elchixonalar, jumladan AQSh elchixonasi ham Tel-Avivda joylashgan.

Mavzuga oid