Jamiyat | 16:30 / 06.12.2017
9207
2 daqiqa o‘qiladi

To‘rt nafar o‘g‘ri yigit ushlandi

Foto: KUN.UZ

Yuqorichirchiq tuman IIBga 1970 yilda tug‘ilgan Jabbor Shermatov (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida joriy yilning 30 oktabr kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, hech kim yo‘qligidan foydalanib, eshigini temir sim bilan ochib, tuman hududidagi avtoulovlarni yuvish shoxobchasi oldida turgan unga tegishli «Matiz» rusumli avtoulovi yukxonasidan olti million so‘m pullarini o‘g‘irlaganligini ma'lum qilgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB axborot xizmati xabar bergan.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Yuqorichirchiq tumanida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan Sardor Matyoqubov, 1999 yilda tug‘ilgan Alisher Oripov, 1995 yilda tug‘ilgan Komron Botirov va 1999 yilda tug‘ilgan Behzod Dalliyevlar sodir etganliklari aniqlanib, ushlandilar. 

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.  Tergovni IIB olib bormoqda.

Mavzuga oid