Fan-texnika | 00:59 / 07.12.2017
18277
2 daqiqa o‘qiladi

Lexus yangi eng yaxshi yo‘ltanlamasining ilk suratlarini ko‘rsatdi - foto

Foto: motor.ru

Lexus kompaniyasi jahondagi premerasi yanvar oyida Detroyt avtosalonida bo‘lib o‘tuvchi LF-1 Limitless nomi ostidagi kontsept-karining tizerini e'lon qildi. Ishlab chiqaruvchi bu avtomobilni «hashamatning yangi darajasini belgilab beruvchi flagman yo‘ltanlamasi», deb atamoqda, deb yozadi Motor.ru.

Motor.ru

Mashinaning ushbu nusxasi haqida batafsil ma'lumot hozircha oshkor etilmayapti. Shunisi ma'lumki, avtomobil kompaniyaning Kaliforniyadagi dizayn-studiyasida ishlab chiqilgan. Suratda ko‘rinishicha, unda noodatiy qo‘sh spoyler, oynavand tom, shuningdek interer detallari — orqa o‘rindiqdagi yo‘lovchilar uchun alohida monitorlar bor.

Motor.ru

«Leksus»ning so‘ngi kontseptual krossoveri UX prototipi bo‘lgan edi. Markaning Fransiyadagi joylashgan yevropa dizayn markazida yaratilgan avtomobil elektroxrom oynalarga ega bo‘lgan va ularni ta'bga ko‘ra qoraytirish mumkin. Shuningdek, tarkibi ipak asosidagi eko-materiallardan iborat bo‘lgan «kinetik o‘rindiqlar»ga ega.

Motor.ru
Motor.ru

 

Mavzuga oid