Jahon | 12:01 / 09.12.2017
20425
2 daqiqa o‘qiladi

Leonid Bronevoy vafot etdi

Foto: RIA "Novosti"

9 dekabr, shanba kuni ertalab taniqli teatr va kino aktyori Leonid Bronevoy 89 yoshida vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti artist ishlagan Moskvadagi “Lenkom” teatri direktori Mark Varshaverga tayangan holda xabar bermoqda.

"Bugun soat 7.30da SSSR xalq artisti Leonid Sergeyevich Bronevoy hayotdan ko‘z yumdi", - deya aytib o‘tgan Varshaver.

Eslatib o‘tamiz, Leonid Bronevoy 1928 yilning 17 dekabr kuni Kiyev shahrida tug‘ilgan. 1950 yilda A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr institutini tamomlagan. O‘qish vaqtida radioda suxandon bo‘lib ishlagan, o‘zbek tilida ham eshittirishlar olib borgan. 1987 yilda SSSR xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan. Bronevoy kinoda “Bahorning o‘n yetti lahzasi” (Genrix Myuller), “Pokrov darvozalari” (Arkadiy Velyurov), “O‘sha Myunxgauzen” (hertsog — Hannover kurfyursti)  kabi filmlarda ijro etgan rollari bilan mashhur edi.

Mavzuga oid