Avtomobildan foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda - obuna bo‘lish, karshering va ijara
Eng yirik avtomobil kompaniyalari o‘z mijozlariga mashina xaridi o‘rniga unga obuna bo‘lish xizmatini taklif qila boshlashdi. Bu degani - siz transport uchun mulk sifatida emas, xizmat sifatida pul to‘laysiz. Rossiyaning yirik IT-giganti hisoblangan «Yandeks» esa karsheringga qo‘shilmoqchi. «Meduza» bu sxemalar qanday ishlashi va ularning shaxsiy avtomobildan foydalanishdan nimasi bilan farq qilishi haqidagi maqolasini taqdim etdi.
Hamma mashinaga ega bo‘lgisi keladi
Jamoatchilik transporti qancha qulay bo‘lmasin, yirik shaharlar ko‘chalaridagi tirbandliklar qanchalik ko‘paymasin, avtomobillar sotuvlari to‘xtovsiz ravishda oshishda davom etmoqda. 1990-yillarda yiliga o‘rtacha 40 million avtomobil sotilgan bo‘lsa, 2016 yilda bu ko‘rsatkich 80 milliondan oshib ketdi.
Biroq mashinaga egalik qilish qimmatga tushadi
Avtomobil xarajatlari — bu nafaqat tezlikni oshirish va nojoiz joylarda to‘xtash uchun benzin va jarimalar. Barcha uchun majburiy soliqlar va sug‘urtalar ham bor. Shu bilan birga, mashinani vaqti-vaqti bilan texnik tekshiruvdan o‘tkazib turish kerak. Eng byudjyet modellar (Hyundai Solaris yoki Lada Granta) uchun ilk uch yildagi xarajatlar — bu yangi mashina narxining yarmi.
Endi mashinaga obuna bo‘lish mumkin
Avtomobil ishlab chiqaruvchilar orasida birinchi bo‘lib 2017 yilning yanvarida Cadillac kompaniyasi shunday xizmat turini taqdim eta boshladi. Oyiga 1800 dollar to‘lab, haydovchi kerakli joyga yetkazuvchi eng so‘nggi modeldagi avtomobillardan birini chaqirtirish mumkin. Faqat benzin uchun pul to‘lash kerak bo‘ladi, zero qolgan barcha to‘lovlar ijara narxi ichiga kiritilgan. Cadillac o‘zining ilk servisini Nyu-Yorkda ishga tushirgandi, bugunga kelib, Los-Anjyeles va Dallasda ham ushbu xizmat turidan foydalanish mumkin.
Oktyabr oyida Porsche ham shunga o‘xshash premium servisni ishga tushirdi. U yerda obuna narxi 2000 dollardan boshlanadi. Xizmatlar faqat Atlantada ko‘rsatiladi, biroq u yerning afzalligi - to‘rt modeldan birini tanlab, uni hatto bir kun davomida ham almashtirish imkoni mavjudligida. Servisga "Hashamatli avtomobillar uchun Neftliks" nomi berildi.
Avtomobillarga "obuna" bo‘lishning byudjyet muqobillari Huyndai (oyiga 275 dollardan), Ford (oyiga 500 dollardan) va Volvo (oyiga 600 dollardan) kompaniyalari tomonidan taklif etildi.
Obuna — bu ijara ham, lizing ham emas
Yuqorida qayd etilgan servislardan faqat Volvo'gina mashinadan foydalanib bo‘lingandan keyin uni xarid qilish imkonini (lizing kabi) beradi. Boz ustiga, standart ijara odatda mashinadan foydalanish davomida uni boshqasiga almashtirish imkonini bermaydi - obunada esa bunday imkoniyat bor, sizga hatto yangi avtomobilni keltirib ham berishadi. Shunisi aniqki, na ijara va na lizing foydalanilmagan kilometrlar uchun yig‘ilmalarni keyingi oyga o‘tkazib bermaydi.
Bundan tashqari, ijara bozori ham o‘smoqda. AQShda ijara mashinalari parki narxi 2 million avtodan oshib ketgan, Yevropada esa yiliga mingdan ziyod mashina ijarasi bilan shug‘ullanuvchi yangi kompaniyalar ochilmoqda. Dunyo miqyosidagi o‘rtacha ijara narxi bir necha yil davomida barqaror ko‘rinish olmoqda - u kuniga 70 dollardan oshmaydi.
Tahlilchilar tez orada kollektiv foydalaniluvchi mashinalar foydalanish vaqtiga ko‘ra shaxsiy transportlardan oshib ketishini taxmin qilishmoqda.
Karshering nima?
Karshering (ingliz tilidagi carsharing so‘zidan olingan) — avtomobilning daqiqa yoki soat hisobida to‘lov kiritiluvchi qisqa muddatli ijara shakli. Karshering avtomobilni xizmat ko‘rsatish punktlaridan birida qoldirish imkonini taqdim etadi. Kuni kecha Rossiyaning yirik IT-giganti hisoblangan «Yandeks» esa karsheringga qo‘shilmoqchi ekanini ma'lum qildi. 2018 yilning fevralida «Yandeks» Moskvada «Yandeks.Drayv» nomli karshering servisini ishga tushiradi. Avtopark Renault Kaptur, Kia Rio va Kia Rio X-Line mashinalaridan tashkil topadi.
Mavzuga oid
09:27 / 11.12.2024
Toshkentda noyabrda ijara narxlari biroz pasaydi
20:14 / 28.11.2024
Uber obuna rejasi tufayli Amerika regulyatori tomonidan tekshiriladi
20:20 / 24.11.2024
Hyundai 42 mingdan ortiq avtomobilini chaqirib oladi
19:09 / 20.11.2024