O‘zbekiston Qirg‘izistonning pansionatlar bo‘yicha taklifiga rozi bo‘ldi
O‘zbekiston Qirg‘izistonning pansionatlar bo‘yicha taklifiga rozi bo‘ldi. Bu haqda «24.kg» Qirg‘iziston davlat mulklarini boshqarish bo‘yicha Jamg‘armasi rahbari Duyshenbek Zilaliyevga tayangan holda xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston tomonidan bitimga yaqin kunlarda imzo qo‘yishadi. Qirg‘iziston delegatsiyasi muzokaralar o‘tkazmoqda va o‘zaro maqbul qarorga erishgan.
“Agarda bitim imzolansa, mojaro yo‘qoladi va arbitraj bo‘yicha ham yechim topiladi. Hujjatni imzolash ehtimoli juda yuqori”, - deya aytib o‘tgan davlat mulklarini boshqarish bo‘yicha Jamg‘arma rahbari Duyshenbek Zilaliyev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston hukumati O‘zbekistonga 4 ta pansionatni qaytarish taklifi bilan chiqqani xabar berilgandi. Shuningdek, O‘zbekiston pansionatlar tufayli Qirg‘izistonni xalqaro arbitrajga bergani ham ma'lum bo‘ldi.
Mavzuga oid
18:02
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:23 / 21.12.2024
Sadir Japarov Yevroparlamentni Qirg‘iziston siyosatiga aralashmaslikka chaqirdi
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
17:37 / 20.12.2024