Jahon | 07:40 / 15.12.2017
14212
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Eronga qarshi kurashish uchun koalitsiya tuzmoqchi

Foto: Shutterstock

AQSh Eronga qarshi kurashish uchun xalqaro koalitsiya tuzmoqchi. Bu haqda AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli ma'lum qildi.

“Biz Eron va uning hukumati qilayotgan ishlarga qarshi kurashish uchun koalitsiya tuzamiz”, deb aytgan Xeyli Vashingtondagi matbuot anjumanda.

Shu bilan birga, Xeyli Tehron BMT Xavfsizlik kengashining Eronga raketalar ishlab chiqarish, terrorchilikni qo‘llab-quvvatlash va mintaqada “tajovuzkor xatti-harakatlarni amalga oshirishni” taqiqlovchi rezolyutsiyalarni buzishda yana bir bor aybladi.

“Biz xalqaro hamjamiyat bu qoidabuzarliklar haqida bilishiga ishonch hosil qilish uchun diplomatik ish olib boramiz. So‘ngra bu qoidabuzarliklar bilan nimadir qilish uchun olg‘a boramiz”, deb aytgan Xeyli.

Mavzuga oid