Jahon | 22:37 / 15.12.2017
11748
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik ayol terrorchilarga bitkoin yubormoqchi bo‘lgani uchun 110 yilga qamalishi mumkin

Foto: Shutterstock

Nyu-yorklik 27 yoshli Zubiya Shahnoz IShID jangarilariga o‘nlab ming dollarga teng miqdordagi bitkoinlarni yuborishga urinishda ayblanmoqda. Bu haqda New York Post nashri xabar bermoqda. 

Ayol banklardan soxta ma'lumotlar asosida 85 ming dollardan ko‘proq pul o‘g‘irlab, so‘ngra bu pullarga bitkoinlar va boshqa kriptovalyutani sotib olib, ularni jangarilarga yubormoqchi bo‘lgan.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, ayol AQShdan Suriyaga qochmoqchi bo‘lgan, biroq 13 dekabrda Kennedi aeroportida ushlangan.

“Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchi bank firibgarligini amalga oshirib, xorijda pul yuvib, bitkoinlar va boshqa kriptovalyutani sotib olgan hamda ularni jangarilarga jo‘natmoqchi bo‘lgan”, deb aytdi prokuror Brijit Roud.

Uning ta'kidlashicha, AQSh huquq-tartibot idoralari ayolning qabih maqsadlari amalga oshishiga yo‘l qo‘ymagan.

Ma'lum qilinishicha, ayni vaqtda ayolning aybi isbotlanmagan. Agar Shahnoz aybdor deb topilsa, unga firibgarlikning o‘zi uchun 30 yil va 4 ta pul yuvish holatining har biriga 20 yildan, ya'ni umumiy hisobda 110 yillik qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Mavzuga oid