Jahon | 10:30 / 15.12.2017
35803
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi sayyora aniqlandi. Quyosh tizimi endi 8 ta sayyoraga ega yagona tizim emas

Foto: NASA/Reid Wiseman

NASA Kepler-90 yulduzi tizimida 8-sayyora aniqlanganini ma'lum qildi. Buning evaziga bizning Quyosh tizimi endi 8 ta sayyoraga ega tanho yulduz tizimi bo‘lmay qoldi.

Yangi Kepler-90i sayyorasi Yerdan 2,5 ming yorug‘lik yili uzoqligidagi Ajdarho yulduzlar turkumida joylashgan Kepler-90 yulduzi tizimida aniqlangan. Sayyora Google tomondan yaratilgan, avval Kepler teleskopi tomondan olingan ma'lumotlarning kompyuter tahlili usuli evaziga topildi. 

“Kepler-90i sayyorasi Kepler-90 tizimining 8-sayyorasi hisoblanadi. Bu tizim Quyosh tizimidan keyin 8 ta sayyoraga ega fanga ma'lum ilk tizim bo‘ldi”, degan 14 dekabrdagi brifingda Google’ning sun'iy ong bo‘yicha mutaxassisi Kristofer Shalyu.

Texas universiteti astronomi Endryu Vanderbergning ma'lum qilishicha, yangi sayyora qaynoq (427 gradus haroratga ega) va toshloq sayyora bo‘lib, uning o‘z yulduzi atrofida aylanish davri 14,4 kunga teng. 

Olim Kepler-90 tizimi yana sayyoralarga ega bo‘lishi va Quyosh bilan birga bunday ko‘p sayyoralarga ega yagona tizimlar bo‘lmasligi mumkinligini aytdi. 

Yangi sayyora avval astronomlar ko‘ra olmagan ekzosayyoralarni aniqlashga imkon beruvchi mashinaviy o‘rganish usuli evaziga ochildi. NASA ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda 3,5 mingdan ko‘proq ekzosayyora ma'lum bo‘lib, ularning 2,5 mingdan ko‘prog‘i aynan Kepler teleskopi yordamida ochilgan.

Kepler teleskopi koinotga 2009 yilda uchirilgan. Uning vazifasi ekzosayyoralarni aniqlash hisoblanadi. 2013 yilda qurilma buzilib qolgani sababli o‘zining asosiy vazifasini yakunlagan, biroq kuzatuvlar olib borishni davom ettirmoqda.

Mavzuga oid