Jahon | 08:40 / 15.12.2017
20609
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zgarmaydi!». Yevropa kengashi rahbari al-Quds bo‘yicha bayonot berdi

Foto: Reuters

Yevropa kengashi raisi Donald Tusk YeIning Bryusseldagi sammitida Yevropa ittifoqining al-Quds bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarmaganini tasdiqladi.

«YeI yetakchilari Yaqin Sharqdagi muammolarni ikki davlatning qo‘shni bo‘lib yashashi yo‘li bilan hal etish bo‘yicha qat'iy pozitsiyada ekanliklarini yana bir bor ma'lum qilishmoqda, hamda shu nuqtai nazardan YeIning al-Quds bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarishsiz qoladi», - deya yozgan Tusk tvitterdagi sahifasida.

Shuningdek, xuddi shunday bayonot YeI sammiti yakuniy hujjatining yangilangan variantiga kiritildi, u Yevropa kengashi saytida e'lon qilindi.

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Istanbuldagi musulmon mamlakatlar yetakchilarining sammitida al-Qudsni Falastin poytaxti sifatida tan olishni taklif qildi hamda shaharni «musulmonlar uchun qizil chiziq» deb atagani xabar qilingandi.

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy esa arab davlatlarini Isroilga qarshi turish maqsadida birlashishga chaqirdi.

 

Mavzuga oid