Jahon | 19:15 / 16.12.2017
71911
2 daqiqa o‘qiladi

“Al-Qudsni boy bersak, Makka va Ka'bani ham boy beramiz” – Erdo‘g‘an  

Foto: Global Look Press

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Al-Qudsning boy berilishidan musulmon dunyosini ogohlantirdi.

“Agar biz Al-Qudsni boy bersak, Madinai munavvarani himoya qilolmaymiz. Agar Madinani yo‘qotsak, Makkani himoya qilolmaymiz. Agar Makka qo‘ldan ketsa, Ka'bani boy beramiz”, deb aytdi. U bu haqda 15 dekabrda NTV telekanali efirida aytib o‘tgan.
 
Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, AQSh Al-Qudsni Isroil poytaxti deb e'lon qilishi ortidan Yaqin Sharq va Al-Quds atrofidagi barcha musulmonlarga yangi hujum boshlandi.

U Turkiya Trampning bu qaroriga qarshi yanada muhim qadamlar amalga oshirishini ta'kidlab o‘tgan. Erdo‘g‘an Al-Quds butun dunyo musulmonlarining or-nomusi ekaniga ishora qilib, “Alloh bizga himoya qilishni buyurgan va ajdodlarning omonati bo‘lgan Al-Qudsni himoya qilish uchun lozim bo‘lgan barcha ishni qilamiz”, deb aytgan.

Mavzuga oid