Light | 21:10 / 18.12.2017
23028
2 daqiqa o‘qiladi

Yaqin 10 yil uchun "umidsizlik ma'lumotnomasi" taqdim etildi

Foto: bloomberg.com

Birinchi ssenariyga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp ikkinchi muddatga qoladi. Prognozlarga muvofiq, bu amerikaliklarning an'anaviy siyosiy partiyalarga bo‘lgan ishonchini yo‘qotishiga olib kelishi mumkin. Natijada 2028 yilda biror bir prezidentlikka nomzod yetarlicha ovoz to‘play olmaydi va saylov oldi poygasi 2029 yilgacha davom etadi. 

Ikkinchi ssenariy "soxta yangiliklar Facebook'ni yo‘q qiladi" nomini olgan. U so‘nggi vaqtlarda Facebook ham, boshqa texnik kompaniyalar ham soxta xabarlar tarqalishini to‘xtata olmayotganiga asoslangan. 

Uchinchi ssenariy kriptovalyutalarga tegishli. Unga ko‘ra, bitkoin an'anaviy valyutalarga almasha boshlaydi, blokcheyn esa odatiy bank operatsiyalarini siqib chiqara boshlaydi. 2028 yilga borib an'anaviy tushunchadagi banklar bo‘lmaydi, bitkoin kursi esa 1 million dollarga yetadi. 

Shuningdek ehtimoliy salbiy ssenariylar orasida — KXDR tomonidan raketa hujumi, Buyuk Britaniya hukumati tepasiga sotsialist Jyeremi Korbinning kelishi va sotsializm mashhurligining oshishi, Yevropadagi "avlodlar urushi", Xitoy bilan savdo urushi va elektromobillar mashhurligi sabab "neft davri"ning tugashi kabilarni qayd etish mumkin.

Mavzuga oid