Jahon | 22:10 / 19.12.2017
30238
2 daqiqa o‘qiladi

2017 yilning eng “yomon” parollari ma'lum qilindi

Foto: Getty Images

SplashData tahlilchilari eng ko‘p qo‘llanuvchi va demakki, eng kam darajada xavfsiz bo‘lgan parollarning 2017 yilgi ro‘yxatini tuzdi. Ro‘yxatda bizga anchadan beri tanish bo‘lgan “123456” va “password” parollari bilan bir qatorda “starwars” kabi yangi parollar paydo bo‘lgan.  

Ro‘yxat oxirgi 12 oy ichida ma'lumotlar sizib chiqishi oqibatida oshkor bo‘lgan 5 mln.dan ko‘proq parolning tahlili natijalari asosida tuzilgan. 

“Agar “Yulduzlar janglari” filmi sizga juda yoqsa ham, bu parol sifatida “starwars” so‘zini ishlatish uchun asos bo‘lmaydi”, deb aytgan SplashData bosh direktori Morgan Sleyn. “Xakerlar foydalanuvchilarning qayd qilish yozuvlarini buzib kirish uchun sport va ommaviy madaniyatda uchraydigan atamalardan foydalanadilar, chunki ular ko‘plab odamlar bu oson esda qoluvchi so‘zlarni ishlatishlarini biladilar”, deb aytgan mutaxassis. 

Yodda tuting, xakerlar psixologiyadan yaxshi xabardorlar va oson topiluvchi parolni biroz o‘zgartirish uni ishonchli qila olmaydi.

Quyida joriy yilning eng ishonchsiz parollari o‘ntaligi keltirilgan:

123456
password
12345678
qwerty
12345
123456789
letmein
1234567
football
iloveyou

Mavzuga oid