Jahon | 11:00 / 19.12.2017
17953
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyaning eng katta aviatashuvchi kemasiga suv kirmoqda

Foto: Reuters

Buyuk Britaniyadagi eng katta aviatashuvchi, Britaniya qirolichasi Yelizaveta I sharafiga nomlangan Queen Elizabeth’ga nosozlik tufayli suv oqib kirishni boshladi, deb xabar bermoqda The Guardian.

Ta'kidlanishicha, valni zichlash bilan bog‘liq nosozlik aviatashuvchi kema Qirollik harbiy-dengiz floti (HDF) tarkibida xizmat olib borishni boshlaganidan bir necha hafta o‘tib ro‘y berdi.

HDF vakilining ma'lum qilishicha, aviatashuvchi kemani ta'mirlash ishlarini Portsmutda olib borish rejalashtirilgan.

Qiymati 3,1 milliard funt sterling bo‘lgan Queen Elizabeth aviatashuvchi kemasi Qirollik harbiy-dengiz floti tarkibida dekabr oyi boshida xizmat olib borishni boshlagandi.

Mavzuga oid