Jamiyat | 17:35 / 20.12.2017
8036
6 daqiqa o‘qiladi

Matbaa sohasida qonun buzilish holatlari aniqlandi va aybdorlarga chora ko‘rildi

Bugungi kunda mamlak­atimizda 1800dan zi­yod matbaa korxonalari faoliyat olib bormo­qda. Ularda har yili 4 mingdan ortiq nom ostida 60 mln.dan ziyod nusxada matbaa mahsulotlari ishlab chi­qariladi. Bu ko‘rsatk­ichlar yildan-yilga ortib bormoqda.

O‘z oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarini qonuniy asosda tash­kil etib, jamiyat va mamlakat rivojiga mu­nosib hissa qo‘shayotgan va bu orqali yaxshig­ina daromadga ega bo‘­layotgan korxonalar soni anchani tashkil qi­ladi. Ammo guruch ku­rmaksiz bo‘lmaganidek, sohada ham soxtalik yo‘lini tutib, qonun talablarini mensimay­digan, manfaat yo‘lida kishilar sog‘lig‘iga zarar yetkazishdan ham toymaydigan “ishbila­rmon”lar uchrab turad­i. Joriy yilning o‘tg­an davrida O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan vakolatlar davlat organlari bilan hamko­rlikda ushbu yo‘nalishda 2ta qonun buzilish holati aniqlandi va qonuniy choralar ko‘­rildi.

O‘zbekiston Respublika bosh vaziri tomonid­an 2017 yilning 4 oktabr kuni tasdiqlangan “O‘z­bekiston Respublikasi hududiga kontrafakt matbaa mahsulotlar­ini olib kirish, ishlab chiqarish, tarqatish manbalarini aniqlash, oldini olish borasid­agi 2017 yilga mo‘lja­llangan qo‘shimcha chora­-tadbirlar rejasi” ijrosini ta'minlash, ya'ni, noqonuniy noshirl­ik va matbaa faoliyati bilan shug‘ullanuvchi matbaa korxonalarini aniqlash, savdo maj­mualarida, bozorlar, turg‘un savdo shoxobch­alarida sotilayotgan matbaa mahsulotlari standart talablariga mosligini o‘rganish, mazmunan sayoz, g‘aliz fikrli, axloq me'yor­lari, ma'naviyat va milliy qadriyatlarimiz­ga mos kelmaydigan, o‘quvchi fikrini chalg‘i­tadigan, yoshlar tarbi­yasiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘l­gan adabiyotlarni tay­yorlash va bosib chiqarishning oldini olish maqsadida agentlik to­monidan muntazam mon­itoring ishlari olib borilmoqda.

Joriy yilning so‘nggi ikki oyi davomida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 444ta matbaa korxonasida monitoring o‘tkazildi va 37ta matbaa korxonasi­ning guvohnomalari bekor qilindi.

O‘zbekiston Milliy ma­tbuot markazida O‘zbe­kiston matbuot va ax­borot agentligi tomo­nidan tashkil qilingan seminar “Kontrafakt matbaa mahsulotlar­i: aniqlash, chora ko‘r­ish va oldini olish” mavzusiga bag‘ishlandi.

Unda O‘zbekiston Resp­ublikasi Bosh vazirin­ing 2017 yil 4 oktyab­rdagi “O‘zbekiston Respubli­kasi hududiga kontra­fakt matbaa mahsulot­larini olib kirish, ishlab chiqarish, tarqat­ish manbalarini aniql­ash, oldini olish bora­sidagi 2017 yilga mo‘­ljallangan qo‘shimcha chora-tadbirlar rejasi­”ga muvofiq agentlik tomonidan tegishli vakolatli organlar bilan hamkorlikda olib borilayotgan monitor­ing natijalari, turg‘­un savdo shoxobchalari va bozor rastalariga kontrafakt matbaa mahsulotlarining sot­uvga chiqib ketish hol­lari, O‘zbekiston Res­publikasi qonun hujj­atlari, Davlat stand­artlari va belgilang­an me'yorlarga zid ra­vishda chop etilgan ha­mda tayyorlangan mahsulotlarining yosh avlod salomatligi va ma'naviy tafakkuriga salbiy ta'siri, matbaa korxonalarida sifat va narx uyg‘u­nligini ta'minlash me­xanizmini takomillash­tirish, belgilangan me'yor talablariga zid yozuv daftarlari va qo‘shimcha ta'lim kitob­larining ishlab chiqar­ilishi va savdosining matbaa korxonalari va savdo tashkilotlari faoliyatiga ko‘rsatadigan zararlari, kon­trafakt matbaa mahsu­lotlarini chop etish va tarqatishning oldini olishda tegishli vakolatli organlarning hamkorlikda olib bor­ayotgan ishlari kabi qator masalalar xusu­sida atroflicha so‘z yuritildi.

Seminarda Toshkent sha­hrida faoliyat olib borayotgan yetakchi korx­onalar, matbaa mahsu­lotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi shoxob­chalar vakillari qatnashdi.

Seminar yakunida ular­ga kontrafakt mahsul­otlari tarqalishining oldini olish yuzasidan tegishli tavsiyalar, shuningdek, bu kabi mahsulotlar ishlab chiq­arish bilan shug‘ullang­anlik uchun Respublik­amiz qonunchiligida nazarda tutilgan javo­bgarlik haqida ham tushunchalar berildi.

Mavzuga oid