FXX rahbari Markaziy Osiyodan kelgan AQSh yuklaridagi «josuslik qurilmalari» haqida gapirdi
AQSh maxsus xizmatlari 2003 yilda Markaziy Osiyodan temir yo‘l orqali Rossiyaga kelgan yuklarda 150 dan ortiq elektron josuslik qurilmasini o‘rnatishgan. Bu haqda RF Federal xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikov «Rossiyskaya gazeta»ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«2003 yilda AQSh maxsus xizmatlarining josuslik faoliyati fosh etildi, ular Markaziy Osiyodagi Amerika bo‘linmalari ehtiyojlari uchun yuklarga ega temir yo‘l konteynerlarida elektron josuslik vositalarini o‘rnatishgan», - deya ta'kidlab o‘tdi u.
«Bu sostavlarni bizning hudud orqali tranzitiga ruxsat berilganligi esa Rossiya rahbariyati tomonidan Vashingtonga nisbatan ko‘rsatilgan yaxshi niyat belgisi edi. Biz bir yuz ellikdan ortiq josuslik qurilmasini topdik va olib qo‘ydik. Ish xalqaro mojaroga aylandi hamda Rossiya TIVning norozilik notasi bilan yakunlandi», - deya aytib o‘tdi RF FXX rahbari.
Konteynerlar Rossiya hududi orqali Markaziy Osiyo mintaqalariga Afg‘onistondagi urush vaqtida yo‘l olgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, xorijiy maxsus xizmatlar hozirda ham Rossiyaning «barcha faoliyat turlariga kirib olishga urinmoqda». 2012 yildan hozirgi vaqtga qadar Rossiyada xorijiy maxsus xizmatlar xodimlari va agentlaridan 137 nafari ozodlikdan mahrum etildi. Bundan tashqari, «davlat siriga tegishli bo‘lgan ma'lumotlarni himoya qilish bo‘yicha tadbirlar» natijasida 140 kishi qamaldi, deya aytib o‘tdi FXX rahbari.
Mavzuga oid
17:05
AQShda so‘nggi 4 yilda 749 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
15:04
Davlat departamenti AQSh fuqarolarini Belarusni zudlik bilan tark etishga chaqirdi
12:27
O‘zi ovqatlantirib, o‘zi tozalaydi: qushlar uchun aqlli qafas taqdim etildi
22:10 / 23.12.2024