O‘zbekistonning Yaponiya va Gruziyaga elchilari tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Senatning XIII yalpi majlisida O‘zbekistonning Ozarboyjon Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi sifatida faoliyat yuritib kelgan Sherzod Fayziyev O‘zbekiston Respublikasining Gruziyadagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan G‘ayrat Fozilov O‘zbekistonning Yaponiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan G‘ayrat Fozilov lavozimidan ozod etilib, O‘zbekistonning Yaponiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlanishi kutilayotgani haqida xabar bergandik.
Mavzuga oid
18:44 / 21.12.2024
Zelenskiy bir qator ukrainalik diplomatlarni ishdan oldi
19:24 / 12.04.2019
Prezident xorijiy davlatlar elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi
00:10 / 27.09.2018
Qozog‘istonning Kanada va Meksikadagi elchilari yangi lavozimlarga tayinlandi
22:35 / 15.06.2018