Light | 23:10 / 22.12.2017
27909
2 daqiqa o‘qiladi

Chekuvchilarning o‘pkasini himoyalovchi mahsulotlar nomi ma'lum qilindi

Baltimordagi Jon Xopkins Universiteti olimlaridan iborat guruh tadqiqotlar asosida olma va pomidorlarning o‘pkani davolay olishini isbotlashdi. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, pomidor va olma chekuvchi inson o‘pkasini himoyalashi va qayta tiklashi mumkin. "Ortodoks" tibbiy portali shu haqida xabar berdi

Ma'lum bo‘lishicha, AQSh olimlar guruhi o‘pkani himoyalash va qayta tiklash sirini kashf qilishning uddasidan chiqqan. Shuningdek, tajriba davomida yuqorida nomlari qayd etilgan mahsulotlarni iste'mol qilish usullari va dozalari sinab ko‘rildi. Tadqiqotda ishtirok etish uchun ashaddiy chekuvchilar tanlab olindi. 

Foto: KUN.UZ

Ular uchun maxsus ratsion ishlab chiqilib, unga ko‘ra, har bir ishtirokchi kuniga bir necha olma bo‘laklari va ikki pomidor yeyishi kerak bo‘lgan.

Tadqiqot natijasiga ko‘ra, obstruktiv o‘pka kasalligi rivojining pasayishi qayd etilgan.

Tadqiqot jamoasi ishtirokchilaridan biri Vanessa Garsiya-Larsen o‘pka bilan bog‘liq muammolardan aziyat chekayotgan kishilarga yordam berish uchun boshlangan loyihani davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.

Mavzuga oid