Jamiyat | 20:25 / 22.12.2017
13999
2 daqiqa o‘qiladi

Internetda metall buyumlarni o‘ziga torta oluvchi “magnit-bola” videosi paydo bo‘ldi

Foto: Ruptly

Internetda qorniga metall buyumlar yopishib turgan suriyalik bola videosi paydo bo‘ldi. Rolik Ruptly agentligining YouTube-kanalida joylashtirilgan

Video qahramoni lataqiyalik Zulfiqor Ibrohim bo‘lib, uning aytishicha, u bu qobiliyatini payqaganda juda hayratlangan. “Mening badanimga barcha metall buyumlar yopishib qolavergan. Ular mening qornimga yopishib turgan. Biz xolam bilan YouTube’da bunday holatlarni qidirganimizda, shunday qobiliyatga ega boshqa bolalar borligini aniqladik”, deb aytdi bola jurnalistlarga.

Zulfiqorning bobosi nabirasining bu qobiliyatidan tashvish bildirmoqda. “Men bu unga qandaydir tarzda salbiy ta'sir qilishini istamayman”, deb aytgan Zulfiqorning bobosi. Bobo nabirasining bu qobiliyati bolaning o‘ziga va jamiyatga foyda keltirsa, bundan faqatgina xursand bo‘lishini aytgan.

YouTube’dagi ba'zi foydalanuvchilar bolaning qobiliyatiga shubha bildirishgan. “Tanangizga talk (texnika va tibbiyotda qo‘llanuvchi mineral – tahr.) surtib chiqing va u metallni qanchalik tortishini tekshirib ko‘ring”, deb yozgan bir foydalanuvchi. Yana bir foydalanuvchining ta'kidlashicha, agar bolada haqiqatan ham bu qobiliyat bo‘lganda, u bu buyumlarni kiyimi ustidan ham torta olgan bo‘lardi. Kanal obunachilaridan ko‘pchiligi bolani “Iks odamlar” filmidagi Magneto qahramoniga qiyoslashgan.

Mavzuga oid