WSJ: Ar-Riyod shahzodani ozod qilish uchun 6 mlrd dollar so‘ramoqda
Saudiya Arabistoni hukumati korrupsiyada ayblov bilan hibsga olingan shahzoda Al-Volid bin Talol o‘z ozodligi uchun 6 mlrd dollar to‘la6 berishini talab qilgan. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.
Manba ma'lumotlariga ko‘ra, milliarder korrupsiyada ayblangan boshqa shaxslar bilan birga Ar-Riyoddagi mehmonxonada ushlab turilibdi. Nashrning ma'lum qilishicha, so‘ralayotgan miqdor Saudiya Arabistoni hukumati hibsga olinganlardan ozodlikka chiqarilishlari uchun talab qilgan eng yirik summalardan biridir.
Ma'lum qilinishicha, shahzoda hozircha bu pullarni to‘lashdan bosh tortmoqda. Ta'kidlanashicha, agar shahzoda bunga rozi bo‘lsa, unda korrupsiya bo‘yicha ayblovni tan olgan bo‘ladi. Shahzoda esa bu ayblovni tan olmayapti. Milliarder buning o‘rniga Saudiya hukumatiga o‘zining Kingdom Holding konglomeratidagi ulushining bir qismini taklif qilmoqda. Forbes talqiniga ko‘ra, shahzodaning barcha aktivlari 18,7 mlrd dollarni tashkil qiladi.
Shahzoda Al-Volid bin Talol Saudiya Arabistonining ilk qiroli Abdulaziz bin Saud Ol Saudning nabirasi, 20-shahzoda Talol bin Abdulaziz Ol Saudning o‘g‘li hisoblanadi. Shahzoda Citigroup, Twitter, 21st Century Fox, The Walt Disney Company kompaniyalarida ulushga ega.
Mavzuga oid
18:07 / 24.12.2024
Saudiya Arabistonidagi ko‘zgusimon megashaharni robotlar quradi
15:04 / 22.12.2024
Magdeburgdagi yarmarkaga hujum. Hozirgacha nimalar ma’lum?
23:55 / 03.12.2024
Saudiya Arabistoni mashinissiz boshqariladigan dunyodagi eng uzun metroni ishga tushirdi
15:20 / 03.12.2024