«Parus» - ta'til kunlarini ertaknamo o‘tkazing
Yangi yil ta'tili yaqinlashmoqda, bolalar ham, ularning ota-onalari ham xursand bo‘lishlari uchun qayerga borgan ma'qul?
Bizning «Parus» OKM yangi yil oldidagi sovuq kunlaringizni har yerda mo‘'jizalar yuz beradigan sehrli ertakka aylantiradi...
«Mo‘'jizalar orzusida» tartibiga start berildi, mana endi vaqtni quvnoq o‘tkazish haqida o‘ylash payti yetdi: 25 dekabrdan 10 yanvargacha biz Qorbobo va Qorqiz hamda quvnoq multfilm qahramonlari bilan birgalikda yangi yil archa bayramlarini tashkillashtirmoqdamiz, bayram tadbirlari sizga bayramona kayfiyat baxsh etibgina qolmay, balki ertak qahramonlari farzandlaringiz bilan birga o‘ynaydi, ularda samimiy kulgi va chinakam zavq uyg‘otadi...
Biz uyushtirayotgan yangi yil bolalar shousida har bir bola ishtirok etishi mumkin va bu mutlaqo bepul!
Kichkintoyingiz yangi yil archasida (soat 13:00 va 18:00da) ishtirok etish bilan cheklanib qolmay, balki bizning yumshoq polli, burchak va tutashuvlari xavfsiz bo‘lgan, kamalakdek rang-barang tepaliklar, labirintlar, damlama batutlar, sharchalarga to‘lib-toshgan hovuzchalar, qumdonlarga ega bo‘lgan bolalar maydonchamizni ham sevinib o‘rganib chiqishlari mumkin. Aziz farzandingiz maydonchadagi yangi-yangi cho‘qqilarni zabt etayotgan va rosa sho‘xlik qilayotgan bir vaqtda Siz bizning qahvaxonamizda o‘tirib kichkintoyingizni kuzatishingiz va ayni damda, qaynoq ichimliklar bilan tansiq shirinliklarimizdan totib rohatlanishingiz mumkin.
Qishki ta'til kunlari maktab o‘quvchilarining 3-qavatda joylashgan o‘yin avtomatlarining juda katta tanlovi oldida o‘zlarini tiyib turishlari juda qiyin bo‘ladi, bu yerda shuningdek, attraksionlarda mazza qilib uchish yoki poygalar uyushtirish mumkin. Yosh onalarimiz zerikib qolmaslik uchun shinamgina go‘zallik salonimizga tashrif buyurishlari mumkin, bu yerda go‘zal ayollarimizga – soch kesish, ukladka, manikyur va pedikyur xizmatlari ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, markazimizda joylashgan – ayollar va bolalar do‘konlarini aylanib chiqishlari, o‘zlariga va farzandlariga sovg‘alar xarid qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Birinchi qavatda esa turmush o‘rtoqlari, akalari, otalari, o‘g‘illari – xullas aziz erkaklar uchun kiyim-kechaklar va poyabzallarni topish mumkin.
Tinib-tinchimas ijodkorlarimiz esa SAMO bolalar ijodiyoti Akademiyasiga tashrif buyursalar maqsadga muvofiq bo‘ladi, bu yerda ular o‘yin shaklida ingliz tilini o‘rganishlari, raqs, vokal bilan shug‘ullanishlari, neon va qumda rasm chizishlari, aktyorlik mahoratini o‘rganishlari va robototexnika kursida ishtirok etishlari mumkin.
6-qavatda joylashgan Parus Bowling – oilaviy hordiq uchun ajoyib maskan! Bouling-zonada ham kattalar, ham bolalar yo‘lakchalari mavjud, ularda ahil jamoa bo‘lib «maftunkor strayklarni urib tushirish» rosa zo‘rda.
Vaqtingizni chog‘ o‘tkazdingizmi, ha qorningiz ochdimi? Sizni biz fudkortga taklif etamiz, ishtaha ochar hidlari bilan bu joy Sizni o‘ziga jalb etadi va bu yerda har bir taom shinavandasi o‘zi uchun albatta, nimadir topadi! Sovuq qish kunlarida o‘zingiz uchun g‘aroyib bayram uyushtiring!
«Parus» OKM – qishki ta'til vaqtida butun oila uchun qiziqarli o‘yin-kulgilar, xursandchiliklar makoni!
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
16:40 / 18.12.2024
Qishki ta’til vaqtida Toshkentdan Samarqand va Urganchga qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
10:53 / 05.12.2024
Talabalar uchun qishki ta’til 25 dekabrdan boshlanadi
10:39 / 29.04.2024
Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytdi
10:00 / 22.04.2024