O‘zbekiston | 09:17 / 29.12.2017
8901
3 daqiqa o‘qiladi

Iste'molchilar huquqi bo‘yicha hujjatlarga rioya etilishi yuzasidan tahlil o‘tkazish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritildi

Foto: Illyustrativ foto

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining qaror bilan Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan tahlil (o‘rganish, ko‘rik) o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 18 apreldagi PF-5016-son “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 iyundagi 419-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qildi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2011 yil 10 fevraldagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan tahlil (o‘rganish, ko‘rik) o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritildi.

2. Mazkur qaror rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kirdi.

Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun
hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan tahlil (o‘rganish, ko‘rik) o‘tkazish
tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar:

1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Mazkur Yo‘riqnoma Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 12 oktabrdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan Raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qo‘zg‘atish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari (keyingi o‘rinlarda qonun hujjatlari deb yuritiladi) talablariga rioya etilishi yuzasidan tahlil (o‘rganish, ko‘rik) o‘tkazish tartibini belgilaydi.”.

2. 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” degan so‘zlar bilan almashtirildi.

3. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.  

Mavzuga oid