Jahon | 08:40 / 31.12.2017
7514
2 daqiqa o‘qiladi

Misrning sobiq prezidentiga qo‘shimcha 3 yillik qamoq jazosi tayinlandi

Foto: Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy

Qohira sudi Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy va yana 19 kishi, jumladan sobiq deputatlar, jurnalistlar va mamlakatda taqiqlangan “Musulmon birodarlar” harakati faollarini 3 yillik qamoq jazosiga tortdi.

Ularning barchasi sudni haqorat qilishda aybdor deb topildilar.

2017 yil 30 dekabrda chiqarilgan hukmga ko‘ra, Mursiy shuningdek sudyalardan biri va mamlakat sudyalar ittifoqiga yetkazgan ma'naviy zarar uchun 1 mln Misr funti (46 ming yevro) to‘lab berishi kerak. 

2015 yildan beri davom etib kelayotgan ushbu ish Mursiy va boshqa ayblanuvchilarning sud nomiga bildirgan ayblovlari bilan bog‘liq bo‘lgan.

Mursiy 2012 yilda Husni Muborak tuzumi ag‘darilgandan keyin mamlakatning demokratik yo‘l bilan saylangan ilk prezidenti hisoblanadi.

“Musulmon birodalar” bilan aloqaga ega bo‘lgan Mursiy prezident lavozimini bor-yo‘g‘i bir yil egallagan, shundan keyin harbiy isyon natijasida chetlatilgan. Mursiy sudlanib, unga 45 yillik qamoq va o‘lim jazosi chiqarilgan, biroq o‘lim jazosi 2016 yilda bekor qilingan.

Mavzuga oid