Jahon | 13:00 / 02.01.2018
9240
1 daqiqa o‘qiladi

Eronda yana 9 kishi namoyishlar vaqtida halok bo‘ldi

Foto: BBC

2 yanvarga o‘tar kechasi yana kamida to‘qqiz kishi Eronda davom etayotgan namoyishlar qurboniga aylangan. Davlat televideniyesida aytilishicha, Isfahondagi tartibsizliklar 9 kishini hayotdan olib ketgan.

Ma'lum qilinishicha, Kahdarijan shahridagi qurol omborxonasiga hujumni bartaraf etish vaqtida 6 kishi o‘ldirilgan, yana ikki yosh yigit Humoyunshahardagi tartibsizliklar vaqtida halok bo‘lgan. Nadjafobodda esa inqilob gvardiyasi xizmatchisi o‘ldirilgan.

Shu tariqa, Erondagi namoyishlarning oltinchi kuniga kelib tartibsizliklar tufayli halok bo‘lganlarning jami soni 21 nafarni tashkil qilmoqda.

Eronni o‘tgan yil dekabri oxirida boshlangan tartibsizliklar qamrab olgan. Namoyishchilar hukumatning tashqi siyosati tufayli mamlakat ichkarisida iqtisodiy holat og‘ir ahvolga tushib qolganidan norozilik bildirishmoqda.

Mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniy mamlakat fuqarolarini xotirjamlikka chaqirdi. Uning fikricha, namoyishlarni chetdan ayrim kuchlar rag‘batlantirib turibdi.

Mavzuga oid