Turkiya Eron bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi
Anqara Eronda vaziyat keskinlashmasligiga va qo‘shni mamlakatda fitnalarga yo‘l qo‘ymasliklariga umid qilmoqda. Bu haqda Turkiya TIVning Erondagi norozilik namoyishlari bo‘yicha bayonotida aytiladi.
Tashqi siyosiy idora bayonotida Eronda 28 dekabr kuni boshlangan norozilik aksiyalari davomida odamlar halok bo‘lgani hamda davlat mulkiga zarar yetkazilganidan tashvishda ekanliklari bildirilgan.
Turkiya do‘stona va birodar Erondagi barqarorlik hamda xavfsizlikka katta e'tibor qaratishi ta'kidlangan. «Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning xalq tinch aksiyalarni o‘tkazishga huquqi borligi va qonunning buzilishi hamda davlat mulkiga zarar yetkazilishi bo‘yicha holatlarga yo‘l qo‘ymaslik haqidagi bayonoti e'tiborga olinishi lozim. Eronda zo‘ravonlik va fitnalarning oldini olish kerakligiga ishonamiz», - deya qayd etiladi bayonotda.
Shuningdek, Erondagi vaziyat tez orada barqarorlashishiga ham umid bildirilgan. «Ishonamizki, sog‘lom aql g‘alaba qozonadi. Eronda zo‘ravonlikning yangi to‘lqinini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan bayonotlardan qochish va tashqaridan vaziyatga aralashishga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiramiz», - deyiladi hujjatda.
Bundan tashqari, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li eronlik hamkasbi Javod Zarif bilan telefon muloqoti ham o‘tkazdi.
Anqaradagi diplomatik manbalar ma'lumotiga ko‘ra, muloqot davomida Erondagi vaziyat muhokama qilingan.
Eronning yirik shaharlari – Tehron, Mashhad, Isfaxon va Reshtda 28 dekabrdan ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniyning ma'lum qilishicha, namoyishlar davlatdagi ichki muammolar tufayli, shuningdek boshqa mamlakatlar fitnasi bilan o‘tkazilmoqda. Eron OAV ma'lumotlariga ko‘ra, norozilik namoyishlari vaqtida 10 kishi halok bo‘ldi.
Mavzuga oid
20:58 / 24.12.2024
Bloomberg: Rossiyaga Eron qurollarining chorak qismini biznesmen Husayn Shamhaniy yetkazib bermoqda
21:04 / 22.12.2024
Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi
19:06 / 22.12.2024
Asadning qulashi - Eron tashqi siyosatidagi muvaffaqiyatsizlik
11:37 / 22.12.2024