Jahon | 09:50 / 03.01.2018
54377
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyoda 10 yil davomida qurol savdosida yetakchilik qilgan davlat ma'lum bo‘ldi

Foto: intpolicydigest

AQSh Davlat departamenti ma'lumotlariga ko‘ra, Vashington 2005-2015 yillarda dunyoda qurol-yarog‘ va harbiy texnika savdosi aylanmasining 10 foizini nazorat qilgan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Ushbu ma'lumotlarga qaraganda, ko‘rsatilgan davrda qurol-yarog‘ni sotish bo‘yicha har yillik bitimlar qiymati o‘rtacha hisobda taxminan 161 mlrd dollarni tashkil qilgan.

«Bu davr mobaynida jahondagi qurol-yarog‘ savdosining taxminan 10 foizi AQSh hisobiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 10 foizi Yevropa Ittifoqi, taxminan 5 foizi Rossiya va 2 foizdan kamrog‘i Xitoyga tegishli bo‘lgan», - deya xabar berishdi Davlat departamentidan.

Ta'kidlanishicha, «AQShning jahondagi ulushi ortgan, YeIning esa kamaygan, shu bilan birga, Rossiya va Xitoy bo‘yicha aniq tendensiya yo‘qdir».

Mavzuga oid