Jahon | 16:20 / 09.01.2018
10656
1 daqiqa o‘qiladi

Video: AQShda sohilbo‘yi ham yaxmalakka aylandi

AQShning Men shtatidagi York shahrida o‘tgan dam olish kunlari shu darajada sovuq bo‘lganki, hatto odamlar sohilbo‘yining o‘zida paydo bo‘lgan yaxmalakda uchishgan. Dengiz yonida konkilarda uchayotgan erkak tasvirlangan videorolikni er-xotin Piter va Sandra Lekousi suratga oldi.

"Juda sovuq edi – shu darajada sovuqki, biz sohilbo‘yida qola olmasdik ham, u esa konkilarda uchdi", - deya ma'lum qildi Sandra The Boston Globe nashri bilan suhbatda.

Rolikni “Feysbuk”da e'lon qilgan Piter esa Mendagi har bir kun – plyaj mavsumi ekanini aytib hazillashgan.

Ma'lumot uchun, Yorkda o‘tgan dam olish kunlari havo harorati 20 daraja sovuqni tashkil etdi.

Mavzuga oid