Jahon | 12:02 / 12.01.2018
17829
1 daqiqa o‘qiladi

Yelizaveta II tojining og‘irligidan shikoyat qildi 

Foto: Reuters

Britaniya qirolichasi Yelizaveta II «Bi-bi-si» hujjatli filmida monarxlik tojini boshida ko‘tarib yurish naqadar qiyin ekanini aytdi. Bu haqda The Guardian yozmoqda.

Qirolicha alohida holatlarda boshiga kiyadigan Britaniya imperiyasining toji taxminan 1,3 kilogramm og‘irlikka ega. U 2,8 mingta olmos, yuzlab marvarid donalari, yoqut, zumrad toshlar va la'llar bilan bezatilgan.

«Sen nutq matnini o‘qish uchun ham pastga qaray olmaysan – qog‘ozni ko‘tarishingga to‘g‘ri keladi. Sababi boshni pastga egsang, bo‘yningni sindirib olasan, toj esa tushib ketadi», - deya ta'kidlab o‘tgan Yelizaveta II.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tojlarda o‘ziga yarasha salbiy jihatlar ham bor.

«Biroq tojlar juda muhim narsa sanaladi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan Britaniya qirolichasi.

Mavzuga oid