Jamiyat | 07:15 / 13.01.2018
18825
1 daqiqa o‘qiladi

Bemorlar jigarida “dastxat” qoldirgan jarroh qamoq jazosidan qutulib qoldi

Foto: SWNS.com

Bemorlar jigarida o‘z ism-sharifining birinchi harflarini o‘yib tushirgan britaniyalik jarroh Saymon Bremxoll qamoq jazosidan qutulib qoldi. Sud uning bu qilmishini jarohat yetkazish bilan hujum qilish deb topgan. Sobiq jarroh aybini tan olgan va unga 10 ming funt sterling miqdorida jarima va bir yil jamoat ishlarini bajarish jazosi belgilangan.

Jarroh operatsiyalar vaqtida bemorlar jigaridagi qon tomirlarini lazer bilan shunday tarzda kuydirganki, jigarda jarrohning 4 sm.lik initsiallari (S va B harflari) hosil bo‘lgan. Jarrohning bu qilmishi uning sobiq bemorlaridan birining jigari ishlamay qolib, boshqa bir jarroh operatsiya qilganda oshkor bo‘lgan. Jarrohning advokatlari sudda u shunday tarzda hamshiralar kayfiyatini ko‘tarmoqchi bo‘lganini aytishgan.

Mavzuga oid