O‘zbekiston | 13:30 / 14.01.2018
33686
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh elchisi Shavkat Mirziyoyevga ta'rif berdi

AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen «Amerika ovozi» teleradiosi muxbiri bilan suhbatda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ta'rif berdi.

Muxbir Navbahor Imamova elchi Pamela Spratlendan «AQSh Markaziy Osiyoda integratsiyani targ‘ib qilib kelgani, O‘zbekiston hukumati esa odatda qarshi tomon sifatida qaralgani, yangi prezident Shavkat Mirziyoyev esa integratsiyaga yetakchilik qilayotgani ko‘rinib turgani», haqidagi fikrlarga munosabatini so‘ragan. 

«Shunday, Shavkat Mirziyoyev bu borada yetakchilik qilyapti.

Prezident Mirziyoyev juda ochiq odam, nazarimda. Rahbarlikka kelishi bilanoq bu ko‘zimga tashlandi. Odamlar bilan yaqindan ochiq muloqot qilishni xohlaydi, sizni qunt bilan tinglaydi. Gaplashayotganda siz tomon egiladi. Prezident Trampning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Liza Kurtis bilan uchrashganida ham shunday muloqot qildi.

Barcha uchrashuvlarda shuni ko‘raman. Davlat kotibi o‘rinbosari Tomas Shennon ham 2016 yil kelganida juda ochiq gaplashdi. G‘oyalarni olqishlaydi. AQShdan, Yevropadan, Janubiy Koreyadan... Bu juda yaxshi, nazarimda. Ko‘p jihatdan tashqi dunyoga yopiq turgan davlatning hammaga ochiq ekanini ko‘rsatmoqda.

Endi bu real ma'noda nimani anglatadi, buni vaqt ko‘rsatadi, lekin «biz hamma bilan ishlashga shaymiz» deb turishning o‘zi ham katta o‘zgarish», deya elchining so‘zlarini keltirgan O‘zA.

Elchi Shavkat Mirziyoyevni yaqindan birga ishlash mumkin bo‘lgan rahbar sifatida ko‘rishini tasdiqlagan.

«U bilan ochiq gaplashsa bo‘ladi, deb o‘ylaymiz. Davlatini yangicha yo‘ldan olib borishga tayyor rahbar deb hisoblaymiz. Bu degani Mirziyoyev bilan yaqindan ishlay olamiz», deya davom etgan elchi.

Mavzuga oid