O‘zbekiston | 11:55 / 18.01.2018
6635
3 daqiqa o‘qiladi

KUN.UZ fuqarolar murojaatlarini eng faol yoritayotgan elektron nashr sifatida e'tirof etildi

Foto: Kun.uz

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etilishida va yoritilishida faollik ko‘rsatilgan vazirlik va idoralar, OAV vakillarini aniqlash va munosib rag‘batlantirish maqsadida onlayn so‘rovnoma o‘tkazildi. Mazkur so‘rovnoma «Taraqqiyot strategiyasi» Markazi tomonidan keng jamoatchilik ishtirokida tashkil etildi.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, KUN.UZ sayti «Fuqarolar murojaatlari natijalarini eng faol yoritib borgan elektron OAV» sifatida eng ko‘p ovoz to‘plagan holda (577ta ovoz) g‘olib deb topildi. 

Eslatib o‘tamiz, mazkur so‘rovnoma Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida fuqarolar murojaatlari bilan samarali ish olib borganlarni aniqlash maqsadida 2018 yilning 17 yanvariga qadar 4 nominatsiya bo‘yicha o‘tkazildi: 

Foto: Kun.uz

1. Aholi bilan samarali muloqot olib borgan xalq qabulxonasi (g‘oliblar - Qashqadaryo viloyati xalq qabulxonasi,
Farg‘ona viloyati xalq qabulxonasi hamda Jizzax viloyati xalq qabulxonasi)

2. Fuqarolarning murojaatlari va ularning muammolarini hal etishda samarali ish olib borgan davlat organi (-g‘olib - Sog‘liqni saqlash vazirligi)

3. Fuqarolar murojaatlari natijalarini eng faol yoritib borgan OAV (g‘olib - «O‘zbekiston-24» teleradiokanali)

4. Fuqarolar murojaatlari natijalarini eng faol yoritib borgan elektron OAV (g‘olib - KUN.UZ sayti)

G‘oliblar 18 yanvar kuni davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolar ishtirokiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya doirasida taqdirlandi.

KUN.UZ sayti tahririyati e'tirof uchun o‘quvchilarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Sayt xalq murojaatlarini o‘rganishda, mavjud muammolarni hal etishda yordam ko‘rsatishda davom etadi.

Mavzuga oid